Alisher Navoiyni anglash - ma'naviy yuksalish demakdir

29-Jan-2022 2939

O'zbek tili va adabiyoti ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk o'zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581yilligi munosabati bilan SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti tomonidan "Alisher Navoiyni anglash - ma'naviy yuksalish demakdir" mavzusidagi tanlovga start berildi.
Bunda siz Alisher Navoiy ijodiga bag`ishlangan: 
1.Eng yaxshi insho
2.Eng yaxshi g'azalxon (videorolik)
3.Eng yaxshi musavvirlik ishi 
kabi o'z ijodiy ishlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.
Tanlov joriy yilning 29-yanvaridan 8-fevralga qadar davom etadi.
Tanlov g'oliblari DIPLOM va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi. 
Nominatsiyalar bo'yicha o'z ijodiy ishlaringizni quyidagi telegram manziliga jo'natishingiz lozim.@Xorijiy_tillar_va_gumanitar_fan.

1