Matematika fanidan xalqaro olimpiada: 4 ishtirokchi – 4 medal

27-Oct-2023 7827

Nukus shahrida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida matematika fanidan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada oʻtkazilayotgani va unda institutimizning 4 nafar talabalari ishtirok etayotgani haqida maʼlumot bergan edik. 

Yakuniy natijalarga koʻra, institutimizning har bir talabasi faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

Talabalarimiz:
Erali Boyqobilov – kumush;
Mehroj Otamurodov – bronza
Ibrohim Abdullayev – bronza
Javohir Boltaboyev – bronza medalini qoʻlga kiritdi!

Talabalarimizga keyingi olimpiadalarda omad tilaymiz!

 

Axborot xizmati

1