Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodov universitetning O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

01-Feb-2022 4140

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodov universitetning Ozbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga tashrif buyurdi. 
Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad 28-yanvar kuni Prezidentimiz rahbarligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ilgari surilgan tashabbuslarning  ijrosini ta'minlash va tashkil etishdir. 
 Ma'lumot uchun, ushbu selektorda maktab  ta’limini rivojlantirish va isloh qilishga qaratilgan keng ko'lamdagi harakatlar rejasi belgilab olingan edi. Rustam Xolmurodov institutning professor-o'qituvchilari bilan uchrashib, pedagog kadrlarni tayyorlashda Finlandiya tajribasining naqadar mahsuldorligi haqida so'z yuritdi. Shuningdek, ushbu institut maktab ta'limi bilan eng yaqin hamkor bo'lishini, yosh avlod uchun salohiyatli pedagog kadrlar tayyorlovchi maskan ekanligini alohida ta'kidladi. Xususan, institut faoliyatini tubdan takomillashtirish, talabalarning bo'sh vaqtini ilm bilan band etish, ta'lim jarayonlarini noan'anaviy shaklda joriy etishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

1