2021 yil 1 sentabrdan boshlab talabalar bilan ishlash bo‘yicha “Guruh murabbiyi" instituti bekor qilinib, uning o‘rniga talabalar bilan ishlaydigan “Tyutorlar" amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan edi. Tyutorlarning asosiy maqsadi — ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda institut va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning institut hayoti va ta’lim jarayoniga moslashishiga ko‘maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishdan iboratdir. Shu bilan birga ular, yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib boradi va sifatini oshiradi, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi. Fevral oyining ilk kunida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 16 nafar tyutorga shu yerning o’zida mahorat darsi o’tildi. Yaqinda institutning rasmiy vebsayti (uzfi.uz) da tyutorlar uchun alohida shaxsiy kabinet ochilgan edi. Yig’ilishning asosiy maqsadi ham, aynan tyotorlar o’zlarining shaxsiy kabinetlarini talab darajasida to’ldirish, masofadan turib ham o’zlariga biriktirilgan talabalar haqida kerakli ma’lumotlarni olish uchun ushbu ma’lumotlarni rasmiy saytda shakllantirish, hamda kunlik talabar faoliyatini sayt orqali yoritib borishlari to’g’risida mahorat darsi o’tkazildi. Shuningdek, ushbu mahorat darsida institut direktori professor Akram Begmatov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i Sarvar Qo’yliyev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’lim boshlig’i G’ulomjon Yoqubovlar ham ishtirok etib, o’zlarining tajriba sinovidan o’tgan tavsiya va ko’rsatmalarini taqdim etishdi. Mahorat darsi so'ngida tyutorlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan munosib javoblar qaytarildi.
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz