Algebra fanidan mahorat darsi tashkil etildi
12-Feb-2022
2223
Bugun, 12-fevral Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti direktori v.v.b professor Akram Begmatov Samarqand shahar XTB ga qarashli 66-son umumiy o’rta ta’lim maktabining 11-“A” sinf o’quvchilariga Algebra fanidan mahorat darsi o’tdi.
Dars jarayoni qiziqarli savol-javoblarga hamda teran fikrlashga undaydigan misol-masalalarga boy tarzda tashkillashtirildi.
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Axborot xizmati