"Mo‘rt devorlar” she’riy kechasi bo‘lib o‘tdi

12-Feb-2022 2672

Joriy yilning 12-fevral sanasida Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakultetida Toshkentlik shoira Natalya Beloyedova ishtirokida “Mo‘rt devorlar” she’riy kechasi bo‘lib o‘tdi. Bu shoirning Samarqand jamoatchiligi bilan birinchi uchrashuvi emas, avval ham Toshkent shoirlar delegatsiyasi tarkibida uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan, biroq institutimiz talabalari uchun uchrashuv premyera bo‘lgan edi. She’riy kechada institutning boshqa fakultetlari talabalari, SamDU filologiya fakulteti talabalari, Samarqand nashrlari muharrirlari, she’riyat ixlosmandlari ishtirok etdi. Natalya Beloyedova o'zining bir nechta she'rlarini, shu jumladan butunlay yangilarini ham o'qidi. Uchrashuv chinakam ijodiy ruhda o‘tdi, ko‘plab savollar va tilaklar bildirildi. Umid qilamizki, bundan buyon she’riyat kechalari fakultet va institutning yaxshi an’anasiga aylanadi.

1