Ajdodlar xotirasi mangu barhayot

14-Feb-2022 2446

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universitetining O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim fakulteti talabalari tomonidan o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlab "Ajdodlar xotirasi mangu barhayot" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.O.Muminova, fakultet dekani dots.S.R.Zohidova, yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.K.Niyozov, tyutorlar Sh.Mardonov va B.Shermanova hamda fakultet talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi, Temuriy shahzoda - Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylari, mashaqqatli hayot va ijod yo‘lini ochib beruvchi sahna ko‘rinishlar hamda uning g‘azallaridan yaralgan kuy-qo‘shiqlar talaba yoshlar tomonidan tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi.

O‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,buyuk bobomizning tarixini va u qoldirgan ilmiy merosini o‘rganishdan iboratdir.

1