Zahiriddin Muhammad Bobur - shoh va shoir
14-Feb-2022
2512
Shoh va shoir - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Sharof Rashidov nomidagi SamDU O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Bobur hayotiga oid sahna ko‘rinishi bilan boshlandi. Tadbir davomida talabalar tomonidan qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Shoirning go‘zal ruboiy va g‘azalari talabalar tomonidan ijro etilib tomoshobinlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbir so‘ngida institutimiz ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Muminova Zarifa Odilovna so‘zga chiqib, tadbir juda ko‘tarinki ruhda o‘tganligi, talabalarning tadbirga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganliklarini bildirib, barcha tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.