Yakuniy nazorat imtihonlari davom etmoqda

16-Feb-2022 2177

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida maktabgacha ta’lim fakultetining sirtqi ta’lim shakli talabalariga yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi. Mazkur jarayonning shaffof tarzda olib borilishini ta’minlash maqsadida imtihon topshirish zamonaviy kompyuter va kuzatuv kameralari bilan jihozlangan xonalarda olib borilmoqda. Talabalarni nazorat qilish uchun universitetga hech qanday aloqasi boʻlmagan pedagog xodimlar va oʻqituvchilar jalb qilingan. Bu ham ma’lum bir ma’noda talabalar va nazorat xodimlari orasida hech qanday korrupsion holatlarga yoʻl qoʻyilmayotganligining yaqqol misoli boʻla oladi. Shu bilan birga talabalar oʻzlarining test natijalarini shu joyning oʻzidayoq bilish imkoniyatiga ega ekanliklari taʼkidlab oʻtish lozim.
 
Axborot xizmati

1