Pedagogika fakultetida tashkil etilgan "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovi g'oliblari taqdirlandi.

22-Feb-2022 3055

Pedagogika fakulteti talabalari o'rtasida "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlovda qizlarimiz 5 ta shart bo‘yicha o‘zlarining bilim va mahoratlarini sinab ko'rishdi.Shartlarni bajarish davomida ularning chaqqonligi-yu hozirjavobligi tomoshabinlar e‘tirofiga sazovor bo'ldi.

Ishtirokchilarining natijalari Xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi I.Sattorova boshchiligida shaffof tarzda baholab borildi.

Tanlov natijalariga ko'ra:

1. Sayfullayeva Diyora - 102-guruh talabasi

2. Jahonova Ozoda - 106-guruh talabasi

3. Muratboyeva Larisa - 104-guruh talabasi

faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad: qizlarning odob-axloq tamoyillarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini yuksaltirish, xotin-qizlar o'rtasida sog‘lom turmush tarzini targ'ib etish va shu bilan birga fakultetlararo o'tkazilishi rejalashtirilgan "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovida ishtirok etish uchun munosib nomzodni aniqlab olishdan iborat edi.

Xulosa qilib aytganda, bu kabi tanlovlar xotin-qizlarni ma‘nan va aqlan yetuk shaxs sifatida jamiyatda o‘z o‘rnini topishda, maqsadlariga erishishida bir yo‘l bo‘ladi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Tayyorladi: Quvvatova Gulhayo

Axborot xizmati

1