Joriy yilning 14-fevralidan buyon o'tkazib kelinayotgan sportning mini futbol turi bo’yicha "Direktor kubogi" o’yinlari bugun, 24-fevral sanasida o'z nihoyasiga yetdi.
“Talaba sport klubi”, Yoshlar ittifoqi hamda Sharof Rashidov nomidagi SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan tuzilgan, olimpia tizimida o'tkazilgan ushbu musobaqada 23ta jamoa o'zaro qizg'in bellashishdi.
Bugungi bahsda quyidagi jamoalar "Direktor kubogi" uchun kurashishdi: "Jismoniy madaniyat '', " Magistrlar ", " TTJ "jamoalari.
Aytib o'tish lozimki, 2021-yilning oktabr oyida start olgan institut professor-o'qituvchilari va talabalarining “Spartakiada” musobaqalari hali ham davom etmoqda va bu musobaqa 5 ta muhim tashabbus doirasida 2022-yilning iyun oyigacha o'tkazilishi rejalashtirilgan.
"Direktor kubogi" musobaqasi qizg'in va shiddatli kechdi. Musobaqa yakuniga ko'ra :
1-o'rin "Jismoniy madaniyat" jamoasi
2-o'rin "Magistrlar" jamoasi
3-o'rin 'TTJ" jamoasi
kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Davra so'ngida Sharof Rashidov nomidagi SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti direktori, professor A.Begmatov nutq so'zladi va g'olib jamoaga "Direktor kubogi" ni topshirdi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz