Dekart aytganidek, "Cogito ergo sum", ya'ni ...

25-Feb-2022 2403

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faollar zalida Maktabgacha ta'lim fakulteti 1-bosqich talabalari o'rtasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida "Zakovat"intellektual o'yini tashkil etildi.

Musobaqani fakultet dekani dots.S.R.Zohidova, yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Z.K.Niyozov, tyutorlar B.Shermonova hamda Sh.Mardonovlar hakam sifatida kuzatib borishdi.

Bellashuvda 101-103-104-105-112-guruhlarning jamoalari ishtirok etishdi. O‘yin 2 bosqichda bo'lib, har bir turda 10 tadan savol o‘ynaldi. Musobaqa qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi.

Natijalar quyidagicha:

104-guruh "Legion"

103-guruh "Yosh ijodkorlar "

101-guruh  "Omad"

105-guruh "Aktiv "

112-guruh "Liderlar"

 jamoasi qo'lga kiritib diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

O‘yin so‘ngida esa yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Z.K.Niyozov ishtirokchilarning fikr va takliflarini tinglab, har hafta talabalar o‘rtasida mana shunday intellektual o‘yinlarni tashkil etish kerakligi, bu kabi musobaqalar yoshlarning bilim salohiyatini oshirishda ahamiyatli ekanligini ta'kidlab o'tdi.

Xulosa qilib aytganda, bu kabi intellektual o‘yinlar yoshlarni ko‘proq o‘qib o'rganishga, fikrlashga chorlaydi.

Zero, yunon faylasufi Dekart aytganidek, - "Cogito ergo sum", ya'ni "Fikrlayapsanmi, demak mavjudsan". Shunday ekan, ushbu jamoalarga ko‘proq o‘qib o‘rganishida, yetuk kadr bo‘lib yetishishida omad va zafarlar tilab qolamiz

 

Tayyorladi: Quvvatova Gulhayo

1