Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faollar zalida Maktabgacha ta'lim fakulteti 1-bosqich talabalari o'rtasida "Orasta qizlar" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvni yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Z.Muminova, xotin-qizlar masalalari bo'yicha direktor maslahatchisi I.Sattorova, fakultet dekani dots.S.Zohidova va fakultet xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi D.Islomovalar shaffof tarzda baholab borishdi.
Tanlovda qizlar 5 ta shart bo‘yicha bellashib, o‘zlarining bilim va mahoratlarini sinab ko'rishdi.
Bir biridan qiziqarli shartlar va qizlarimizning go‘zal raqs ijrolaridan so‘ng hakamlar hay'ati tomonidan umumiy ballar e‘lon qilindi.
Unga ko'ra natijalar quyidagicha:
1. Chutboyeva Muxlisa - 101-guruh talabasi
2. Normurodova Muxlisa - 104-guruh talabasi
3. Hamroyeva Guljamol - 107-guruh talabasi
g‘oliblikni qo'lga kiritib, diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Bugungi tadbirimizdan ko‘zlangan maqsad qizlarni milliy va umuminsoniy ruhda tarbiyalash, ularni har jihatdan yetuk shaxs sifatida jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, Zulfiyaxonim singari hayo va vafo timsoli sifatida kamol toptirish hamda institut miqiyosida fakultetlararo o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovida ishtirok etish uchun munosib nomzodni aniqlab olishdan iborat edi.
Bu kabi tanlovlar xotin-qizlarni jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga, ularning ijodiy fikrlashini va kreativligini oshirishga yordam beradi, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz