Kontrakt to‘lovlari 1-aprelga qadar uzaytirildi

16-Mar-2022 1942

Ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgan holda talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun  kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-aprel sanasi etib belgilandi.

Ushbu muddat quyidagilar:

➖to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

➖to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;

➖ o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

Bungacha ushbu muddat 1-martga qadar uzaytirilgan edi

Batafsil

Telegram_rasmiy  | Telegram_union | Facebook  | Instagram  | uzfi.uz

1