Mazkur yig’ilishda Kengash a’zolari to’liq ishtirok etishdi va kun tartibidan o’rin olgan barcha masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibidan quyidagi masalalr o’rin oldi:
- Institutda 2021-2022 o’quv yilining 1-semestr dastlabki natijalari hamda kredit-modul tizimidagi muammolarning yechimi to’g’risida.
- Institutda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda xorijiy hamkorlikni kengaytirish bo’yicha institut oldida turgan vazifalar to’g’risida.
- Institutning 2022 yilning 1-choragida ma’naviy-ma’rifiy sohada belgilangan vazifalarning ijrosi to’g’risida.
- Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarida o’tilayotgan fanlarning o’quv adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati va yangi o’quv adabiyotlarini yaratish va chop etishni jadallashtirish to’g’risida.
- Institutda shartnoma (kontrakt) to’lovlari holati va mavjud muammolarni bartaraf qilish to’g’risida.
- Har xil masalalar.
Kengash yig’ilishi tanqidiy ruhda o’tib, unda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga birdamlik kerakligi ta’kidlab o’tildi.
Axborot xizmati