A.S.Pushkin nomidagi axborot-resurs markazida she’riy kecha bo‘lib o‘tdi.

31-Mar-2022 2119

Ushbu she’riy kechada bir guruh shoirlar: N.D.Ilin, N.Beloedova, N.Saylar mehmon sifatida ishtirok etishdi. Bu kabi she’riy kechalar allaqachon yaxshi an'anaga aylangan bo'lib, barcha mahalliy yozuvchilar ijodi ixlosmandlarida doimo qiziqish uyg'otmoqda. Joriy uchrashuvda Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti talabalari ham ishtirok etishdi. Mehmonlarning har biri o‘z ijodining janr tavsifini, lirik she’r, epigramma va boshqalarni taqdim etdilar. Taniqli shoir va tarjimon, Sharq she’riyatining mohir bilimdoni N.D.Ilinning chiqishlari ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi. U o’zining ijodidan tashqari Alisher Navoiy asarlaridan qilingan tarjimalarini ham qatnashuvchilarga namoyon etdi. Tarjimonlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida  ham gapirdi. Uchrashuv juda qiziqarli va ijodiy o‘tdi, ishtirokchilarda samimiy munosabat uyg‘otdi. Ushbu an’anani davom ettirish istagi bildirildi. Ishtirokchilar qatoriga boshqa fakultet talabalari ham qoʻshilishlarini istardim, chunki haqiqiy ijodkorlik kasbiy, milliy va boshqa chegaralarni bilmaydi.

Axborot xizmati

1