Yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot g‘oya va tahdidlardan asrash, o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohatlar to‘g‘risida xabardor qilib borish maqsadida institutda o‘tkazilayotgan “Islohotlar bilimdoni” ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanloviga pedagog xodimlar va talaba-yoshlarni chorlab qolamiz.
“Islohotlar bilimdoni” ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar saralab olinadi.
G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantiriladi hamda Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Ishtirokchilarning xujjatlari 15-iyungacha qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojat qiling
B.Rashidov (99) 596 21 03
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz