Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik

25-Jun-2022 1727

  Joriy yilning 24-iyun kuni O‘zbekiston- Finlandiya pedagogika institutida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi Yoshlar festivali doirasida “Estrada ijrochiligi” tanlovi  bo‘lib o‘tdi.

“Estrada ijrochiligi” tanlovida Samarqand viloyatidagi barcha Oliy ta’lim muassasalaridan jami 16 nafar talaba yoshlar ishtirok etdi.  

Tanlovni 4 nafar oliy va xalqaro toifadagi hakamlar jamoasi baholab borishdi.

Qizg’in va murosasiz kechgan yosh iste’dodlar bahsida bir biridan ajoyib milliy, estrada va xorijiy taronalar yangradi

Yakunda esa hakamlar hay’ati raisi Djalilov Ergash Kenjayevich ishtirokchilarni tabriklab yuqori ball to‘plagan qatnashchilarni e’lon qildi.

Unga ko’ra:

1-o‘rin Ravshanov Sherbek Sherali o‘g‘li - O‘zbekiston- Finlandiya pedagogika instituti talabasi

2-o‘rin Xidirov Anis Ikromovich - Samarqand Davlat Arxtiktura Qurilish Instituti talabasi.

2-o‘rin Toshpulatov Husan Rustam o‘g‘li - O‘zbekiston- Finlandiya pedagogika institute talabasi.

3-o‘rin Nuronov Izzatjon Qayumjon o‘g‘li - Samarqand Davlat veterinariya meditsina chorvachilik biologiya universiteti talabasi

3-o‘rin Axmatov Ibrohim, Narzullayev Asadbek – Samarqand davlat universiteti talabalariga nasib etdi.

Sovg’alarni O‘zbekiston- Finlandiya pedagogika instituti direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha  birinchi o‘rinbosari Muminova Zarifa Odilovna o’z egalariga topshirdi.

 

Matbuot xizmati

1