Kafedra mudiri
Professor
| Qabul vaqti | Payshanba-Juma soat 14:00 | |
|---|---|---|
| E-mail: | dilomon77@mail.ru | |
| Tel: | +998 (66) 222-69-27 | |
| Telegram: | +998 (66) 222-69-27 | |
| Manzil: | 166 Spitamenshokh Street, Samarkand | |
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi o'qituvchisi
Shaxsiy kabinet
«Badiiy grafika va uni o‘qitish metodikasi» kafedrasi universitet ilmiy kengashining 2010–yil 25-fevraldagi karori va universitet rektorining 2010-yil 7-iyundagi № 163 IJ buyrug‘i bilan 2010 yil 2 sentyabrdan San’atshunoslik fakulteti tarkibida faoliyat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda kafedrada texnika fanlari nomzodi, dotsent M.Umarov kafedra mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor E.Muhammadiyev, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent X.Jo‘rayev, texnika fanlari nomzodlari, dotsentlar S.Zohidov, I.Suvonqulov, katta o‘qituvchi D.Ergashev, o‘qituvchilar: Xalq ta’limi a’lochisi A.Mo‘minov, B.Muxtarov, I.Izbosarov, D.Omonov, Sh.Oydinov, N.Mullajonova, E.Shavqiyevlar o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot, tashkiliy uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borgan.Kafedra professor-o‘qituvchilari 5140900- kasbiy ta’lim, 5211200 – amaliy san’at yo‘nalishi, 5140200 mehnat ta’limi, 5140700- tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bakalavrlariga kompyuter grafikasi, perspektiva, plastik anatomiya, rangshunoslik va kompozitsiya asoslari, hayot faoliyati xavfsizligi, tasviriy san’at umumiy tarixi, chizmatasvir, rangtasvir, loyihalash, buyumlarga badiiy bezak berish, geometrik chizmachiligi, naqqoshlik, ganch o‘ymakorligi, yog‘och o‘ymakorligi, tasviriy san’at o‘qitish metodikasi, muhandislik grafikasi metodikasi, tasviriy san’at tarixi, qalamtasvir, kompozitsiya, tasviriy san’at texnologiyasi va nusxa ko‘chirish, haykaltoroshlik, chizma geometriya, geometrik va proyeksion chizmachiligi, mashinasozlik chizmachiligi, arxitektura – qurilish chizmachiligi, topografik chizmachilik, grafik tasvirlash asoslari, muhandislik grafikasi fanining o‘qitishning zamonaviy texnologiyasi, chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlaridan dars berib kelmoqdalar.2010 yildan boshlab 5-A140901 kasbiy ta’lim (amaliy san’at) yo‘nalishi mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga talabalar qabul qilindi. Magistraturada dars berish, ilmiy tadqiqot, ilmiy pedagogik ishlarni o‘tkazish, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish uchun professor E.Muhammadiyev, dotsentlar M.Umarov, I.Suvonqulov, X.Jo‘rayev, S.Zohidov, B.Qulnazarovlar jalb etilgan.O‘quv ishlarini mazmunli olib borish maqsadida rangtasvir, loyihalash, mashinasozlik chizmachiligi, naqqoshlik, ganch o‘ymakorligi, yog‘och o‘ymakorligi, chizma geometriya, geometrik va proyeksion chizmachiligi xonalari, ustaxonalar tashkil qilingan hamda jihozlangan. Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga, iqtidorli talabalar bilan ishlashga katta e’tibor qaratilgan. Kafedraning bosh mavzusi: Oliy o‘quv yurtlari va kasb – hunar kollejlarida “Tasviriy san’at”, “Amaliy san’at” va “Chizmachilik” fanlarini o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini yaratish. Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha kafedraning 2010-2015 yillarga mo‘ljallangan rejasi tuzilgan bo‘lib, bunga professor-o‘qituvchilar jalb etilgan, ular o‘z mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqdalar: Iqtidorli talabalar har yili aprel oyida o‘tkaziladigan an’anaviy talabalar ilmiy anjumanlarda o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqdalar. Kafedra qoshida “Musavvir” va “Naqqosh” to‘garagi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularda 60 nafardan ortiq talabalar qatnashmoqda. To‘garaklarda taniqli rassomlar va xalq ustalarining ijodiy ishlari o‘rganiladi va talqin etiladi, bundan tashqari, talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan tanlovlarda qatnashib kelmoqdalar.