SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti hamda San'atshunoslik fakultetida 18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilinganligini 30 yilligi munosabati bilan «Bayrog'im-faxrim, iftixorim» nomli tadbir bo'lib o'tdi.

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki, u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. Bu yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni tasvirlaydi.
SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti hamda San'atshunoslik fak
ulteti tomonidan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Z.Mo'minova, Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti dekani A.Abdullayeva, institut Yoshlar Ittifoqi yetakchisi X.Burxanov, San'atshunoslik fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Ashurov, Maktabgacha ta'lim fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Z.Niyozov, Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakultetining yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Z.Rasulov hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Tadbirda Xorijiy tillar va gumanitar fanlar hamda San'atshunoslik fakultetlarining talabalari tomonidan tayyorlangan konsert taqdim etildi. "Tarix" yo'nalishi talabalaridan tashkil topgan «Milliy gvardiya» jamoasining chiqishlari tadbirni yakunladi.
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz