Talaba-yoshlarning is gazidan zaharlanishi, gaz-havo aralashmasi chaqnashini oldini olish va ogohlantirish, yong’in xavfsizligi talablari hamda isitish moslamalari va pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish

05-Nov-2021 2332

     Bugun SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Samarqand shahar 1-son YXX  bilan hamkorlikda “ Talaba-yoshlarning  is gazidan zaharlanishi, gaz-havo aralashmasi chaqnashini oldini olish va ogohlantirish, yong’in xavfsizligi talablari hamda isitish moslamalar va pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish” mavzularida profilaktik tadbir bo’lib o’tdi. Unda institut jamoasi, o`qituvchi va talabalari hamda YQQ xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda yoshlarimizning ongida is gazi o’zi nima  va qanday oqibatlarga olib keladi yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya etish va bu bo’yicha kerakli ko’nikmalar nimalardan iborat ekanligi tushuntirildi.

O’t o’chirish texnikasi va unda ishlatiladigan asbob-uskunalar jihozlar va yong`indan himoya qiluvchi maxsus kiyimlardan namunalar ko’rsatildi va atroflicha ma’lumot berildi. Shu o’rinda YQQ xodimlari talabalarni va ustozlar jamoasini xushyorlikka va ehtiyotkorlikka chaqirdi.

1