O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289 Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur Oliy ta’lim muassasasi hamda Xalq ta’limi boshqarmasi yetakchilari o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig’ilishda institut rektori (v.v.b) A.Safarov, XTB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Q.Saidov, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish do‘stona ruhda o‘tkazildi va ko‘plab kelishuvlarga erishildi.
Masalan: Doimiy ravishda faoliyat olib borayotgan “4+2” dasturini yanada takomillashtirish, Oliy ta’lim muassasasi talabalarining maktablardagi amaliyot jarayonlarini sifatli tashkil etish, pedagog sinflarni shakllantirish va maktab o‘quvchilarining pedagogika sohasiga qiziqishini orttirishdagi say-harakatlarni oshirish asosiy maqsadlar etib belgilandi.
Bundan tashqari, institut rektori A.Safarov tomonidan, yangi tashkil etilayotgan institut qoshidagi Akademik litseyga viloyatdagi maktablarning iqtidorli 9-sinf o‘quvchilarini jalb etish, ularga eng malakali mutaxassislar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tish taklifi kiritildi.
Uchrashuv so‘ngida har ikkala tashkilot vakillari, yuqorida qayd etilgan masalalarni doimiy nazoratda bo‘lishini ta’minlash maqsadida, har oyda bir marotaba uchrashuv tashkil etishga kelishib oldilar.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz