O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakultetida zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan va barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlangan yangi ingliz tili o‘quv xonasi foydalanishga topshirildi.
Ushbu o‘quv xonada institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalariga xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi, tilning asosiy ko‘nikmalarini shakllantirishi uchun videorolik, o‘yin, ko‘ngilochar ko‘rsatuv, filmlar va boshqa tilni o‘rganishga xizmat qiluvchi kontentlar asosida dars mashg‘ulotlari malakali o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.
Institut rektori A.Safarov 2024/2025 o‘quv yiliga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasbiy fanlar (xorijiy tildan tashqari) o‘qituvchilarining 50 foizi kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligini yana bir bor ta’kidladi. Bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarni prorektorlar, fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga tushuntirib o‘tdi. Shuningdek, boshqa o‘quv xonalarini ham bosqichma bosqich zamon talablariga moslashtirish haqida tegishli mas’ullarga ko‘rsatma berdi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz