Bugun, 9-fevral Samarqand shahri Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy kecha boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat va shahar hokimligi, viloyat OTM lari hamda boshqa tashkilot masʼullari, shoir, yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va o‘quvchilar, ijodiy tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari, jumladan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti jamoasi ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi oʻtkazildi. Xiyobondagi atoqli adibning haykali oldida yozuvchi va shoirlar, oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari, talabalari ishtirokida adabiyot va kitobxonlik tadbirlari ham tashkil etildi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz