Turli yo‘l bilan yuqadigan tanosil kasalliklari haqida bilasizmi?

10-Feb-2023 1339

O‘tgan 20-asrning 70 yillarida ko‘pchilikka faqat ikkita jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasallik ma’lum edi. Bizning davrimizga kelib esa ularning soni 25tadan oshgan. Ularning ba’zilari butunlay bedavo hisoblanib, jahon tibbiyot xodimlari haligacha ularga qarshi samarali davoni yarata olishmadi.

Turli yo‘l bilan yuqadigan tanosil kasalliklariga quyidagilar kiradi: OIV-OITS, Sifilis, Gonoreya, Trixomoniaz, Mikoplazmoz, Ureplazmoz, Genetal gerpes, Pedikulez (qov biti), Inson papillomavirusi, Gepatit B.

Yuqoridagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka va ayniqsa talaba yoshlarga singdirish va ularga yetarlicha tushunchalar berish maqsadida O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika institutida “Turli yo‘l bilan yuqadigan tanosil kasalliklari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Samarqand shahar OITS ga qarshi kurashish markazi mutaxasis shifokori I.Kamolov ishtirok etib, turli yo‘l orqali kelib chiqadigan tanosil kasalliklari, yuqish yo‘llari va davolanish tartibi haqida ko‘rgazmali manbalar asosida batafsil ma’lumotlar berdi.

Yakunda, talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniq va yetarlicha javob olishdi.

 

Axborot xizmati

1