O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti rektori Akbar Safarov bir guruh iqtidorli talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad: institut iqtidorli talabalari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini o‘rganish, kelajakdagi rejalari haqida ma’lumot olish va ularga motivatsiya berishdan iborat bo‘ldi. Barcha mas’ullarga institutda iqtidorli talabalar sonini yanada oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish, turli fan olimpiadalari va sport musobaqalarida qatnashishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratish va ayniqsa yoshlarning chet tillarini o‘rganishlari uchun kerakli boֲ‘lgan barcha vazifalarni bajarish kerakligini ta’kidlab o’tdi.
Hozirgi kunda institutda tashkil etilgan 40 dan ziyod to‘garaklarning ayni kunlarda faoliyatda ekanligi, mazkur fan va sport to‘garaklarida faol tarzda ishtirok etish, kelgusida iqtidorli yoshlar uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida iqtidorli talabalarga rektor tomonidan o‘z muallifligidagi kitob va ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha institutda tashkil etilgan o‘quv kursiga uch oylik bepul foydalanish bo‘yicha imtiyozga ega sertifkatlar topshirildi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz