O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida faoliyat olib boruvchi barcha xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi kurshish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakilantirish masalalariga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Shuningdek, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturlari va ularning ijrosi xususida so‘z yuritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida 2023-yilni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb e’lon qilinishi ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʻgʻri yoʻli ekanligi ta’kidlab o‘tilgani bejiz emas. Ushbu sohada boshlagan islohotlarni davom ettirish, taʼlim dargohlarida faoliyat olib boruvchi barcha xodimlar bilan koʻproq muloqot qilib, korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish bo‘yicha immunitet shakillantirish muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodekisning XV-bobi 210-moddasida pora olish, 211-moddasida pora berish va 212-moddasida pora olish-berishda vositachilik harakatlariga belgilangan tartibda jinoiy javobgarlik belgilanganligi to‘g‘risida yig‘ilganlarga batafsil ma‘lumot berib o‘tildi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz