Avval xabar berganimizdek, kuni kecha, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari hamda Finlandiyaning Helsinki universiteti ta’lim eksperti, professor Hanne Koli bilan ZOOM platformasi orqali “Finlandiya ta’lim tizimi va uning O‘zbekistondagi istiqbollari” mavzusida onlayn webinar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur webinarda, professor Hanne Koli - Finlandiyaning ta’lim tizmi, o‘qitish metodikasi, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar, Finlandiya ta’lim tizmining dunyodagi eng yuqori o‘rinlardan joy olganligi sabablari va bu borada tutgan yo‘li haqida tinglovchilarga batafsil so‘zlab berdi.
Webinar so‘ngida esa institut professor-o‘qituvchilari professor Hanne Koliga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi va kerakli javoblarni olishdi.
Eslatib o‘tamiz, oz fursatlarda professor Hanne Kolining Samarqandga, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga tashrifi rejalashtirilgan.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz