"O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti" va "IT Park" Samarqand hududiy filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

25-Feb-2023 1547

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-sonli, 2022-yil 22-avgastdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son Qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida IT-Park Samarqand viloyati hududiy filiali va O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘rtasida talaba yoshlarni IT sohasiga yo‘naltirish hamda IT sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan hamkorlik memarandumi imzolandi.

Memorandum maqsadi O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talaba-yoshlari o‘rtasida startap-ekotizimini shakllantirish, ta’lim sohasini rivojlantirish, ilm-fan natijalaridan foydalanishda - taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqotni o‘rnatish, shuningdek, talabalar, ilmiy-pedagogik kadrlar uchun “IT-Park” da ekskursiyalar, amaliyot jarayonlari va stajirovkalarni tashkil etishga ko‘maklashishdan iboratdir.

 

Axborot xizmati

1