O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” tantanali nishonlandi

06-Mar-2023 2736

Bugun O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida tashkil etilgan bayram tadbiriga, institutda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlar taklif etildi.

Tadbirda institut rektori A.Safarov hamda rahbariyat xodimlari ishtirok etdi va yurtimizda, Prezidentimiz tashabbusi bilan xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar, ularga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar haqida gapirib, institutimizning ilmiy, ma’naviy-marifiy hayotidagi faolligi, jamiyat taraqqiyoti, turmush farovonligi, kelajak avlod tarbiyasi yo‘lida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni, ustoz va murabbiylarni bayram bilan qutladi.

Bayramlarga boy bo‘lgan go‘zal bahor faslining ilk ayyomi  ko‘tarinki ruhda, shodu xurramlikda nishonlandi. Tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlarga institutning bayram sovg‘asi topshirildi.

 

Axborot xizmati

1