O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va maktablar hamkorligi davom etmoqda

10-Mar-2023 1637

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori A.Safarov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar jamoasi va Samarqand viloyati XTB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Q.Saidov birgalikda Samarqand shahridagi 68-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Maktabda tahsil oluvchi 9,11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, kelajakda pedagogika sohasida faoliyat olib borish istagida bo‘lgan o‘quvchilarni aniqlash, yangi, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab tashkil etilayotgan institut qoshidagi Akademik litseyga 9-sinf o‘quvchilarini keng jalb etish va bitiruvchi sinflarga O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida tahsil olishlari uchun kerakli barcha sharoitlarni yaratib berish kabi muhim masalalar muhokama etildi.

Rektor tomonidan olib kelingan 30 dan ziyod badiiy kitoblar maktab kutubxonasiga foydalanish uchun topshirildi.

 

Axborot xizmati

1