SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti San'atshunoslik fakultetining "Musiqa ta'limi" yo'nalishi talabalari tomonidan joriy yilning 6-dekabr kuni Konstitutsiyamizning 29 yilligiga bag'ishlangan "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" mavzusida konsert dasturi o‘tkazildi. Tadbirda SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Z.Muminova, o'quv bo'limi boshlig'i N.Allanazarova, Pedagogika, Maktabgacha ta'lim, Ijtimoiy-gumanitar va xorijiy tillar, Aniq va tabiiy fanlar hamda San'atshunoslik fakulteti dekanlari ishtirok etishdi.
Tadbirda ,,Musiqa ta'limi" kafedrasi tomonidan besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan "Dutorchi qizlar'' , "Xalq cholg'ulari ansambli", "Vokalchilar ansambli"ning chiqishlari tomoshabinlarni xushnud etdi. Konsert dasturi davomida fakultet tomonidan o'tkazilgan tanlovlarda g'olib bo'lgan bir guruh talabalar institut rahbar xodimlari tomonidan taqdirlandi. Tadbir yakunida O'zbekiston- Finlandiya pedagogika instituti madhiyasi yangrashi barcha tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi. Bayram ko‘tarinki ruh va o'zgacha shukuh bilan o'tdi. Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad talabalarning huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqidagi mavjud bilimlarini mustahkamlash, Vatanimizga, bosh qomusimizga bo'lgan hurmatni oshirishdan iborat edi. O‘zbekistonda yashovchi har bir millat vakili, har bir fuqaro qonun oldida tengdir. Konstitutsiya davlatimizning asosiy hujjati bo'lib, davlat boshqaruvi, hukumat organlari faoliyatining tartib va tamoyillari, davlat, jamiyat, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari u bilan belgilanadi.





Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz