Elchi tomonidan, O‘zbekiston hamda Finlandiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishidan yuzaga keladigan natijalar haqida iliq fikrlar bildirildi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda har ikki davlat ta’lim tizimiga doir jarayonlarni mushtaraklashtirish, unda samaraga erishish borasida amalga oshiriladigan vazifalar, kelajak rejalari tegishli tartibda belgilab olindi.
Jumladan, Ilkka Raysanen kelgusida ham O‘zbekistonda Finlandiya ta’lim tizimini keng ommaga targ‘ib qiluvchi eng asosiy oliygoh sifatidagi mavqeyini saqlashi hamda yanada takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligi, bu borada har qanday ko‘makka tayyor ekanliklarini alohida ta’kidladi.
Institut rektori A.Safarov elchining fikrlariga qo‘shimcha qilib, oliygohda ta’lim jarayonlarini yanada rivojlantirish, belgilangan maqsadlarga erishish uchun Finlandiyalik mutaxassislarni ko‘proq jalb etish borasidagi takliflarini bildirib o‘tdi.
Uchrashuvda hamkorlikning yangidan-yangi bosqichlari aniqlanib, har ikki tomon ham bir-birini qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.
Tashrif so‘ngida institut rektori tomonidan Ilkka Raysanenga esdalik sovg‘alarining topshirilishi tom ma’noda O‘zbekona madaniyatning namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz