Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika institutiga davlat granti va shartnoma asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

21-Dec-2021 2942

Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika institutiga davlat granti va shartnoma asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika institutiga davlat granti va shartnoma asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi so‘raladi!

1.Ta’lim yo’nalishi, o’quv tili va shakli ko’rsatilgan ariza;
2. Umumiy o’rta (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti haqidagi hujjatning asl nusxasi (ilovasi bilan);
3. Pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug’ilganlik haqidagi guvohnoma) ning 2 dona nusxasi;
4. 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 8 dona rangli fotosurat;
5. Abituriyentning qayd varaqasi;
6. Abituriyent ruxsatnomasi;
7. Abituriyentning javoblar varaqasi;
8. Imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi;
9. Shaxsiy varaqa;
10. Hujjatlarga jild (papka);
11. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab qaytgan fuqarolar harbiy qism qo’mondonligiga tegishli tavsiyanomasining asl nusxasini taqdim etadilar.
Qabul komissiyasiga yuqorida keltirilgan hujjatlarni topshirish, hamda shartnoma asosida o‘qishga tavsiya etilganlar uchun to‘lovni amalga oshirishning oxirgi muddati 2021-yil 31-dekabr ekanligini ma'lum qilamiz.
Qabul komissiyasi.

1