Joriy yilning 11-aprel kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Akbar Safarov Samarqand shahridagi “Hilol” MFYda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Mahalla yoshlar yetakchisi hamrohligida bir nechta xonadonlarga tashrif buyurildi va fuqarolarning mavjud muammolari tinglanib, joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Jumladan, institut rektori tomonidan, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Yulduz Mavlonovaga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan ingliz tili, ona tili, tarix va matematika fanlaridan chuqurlashtirilgan darslar o‘tilib, mazkur OTMga o‘qishga kirishi uchun ko‘maklashish topshirig‘i berilgan bo‘lsa, Abdurasul Ashurovga esa kichik biznes hududini tashkil etishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi haqida tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz