O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga o‘qishni ko‘chirish uchun hujjat topshirgan fuqarolar diqqatiga!

13-Aug-2023 3076

2023/2024-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan ijodiy imtihonlar tanlangan yo‘nalish bo‘yicha 2023-yil 14-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Ijodiy imtihonlar:

“Jismoniy madaniyat”, “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport”, “Sport faoliyati (futbol)” ta’lim yoʻnalishlari – 14-avgust soat 14:00 da Samarqand shahar “Dinamo” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

“Musiqa taʼlimi”, “Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi” ta’lim yoʻnalishlari – 14-avgust soat 10:30 da Oʻzbekiston - Finlandiya pedagogika instituti (Spitamen-shoh ko‘chasi 166-uy) da bo‘lib o‘tadi.

“Sport faoliyati (kurash)”, “Sport faoliyati (voleybol)” ta’lim yoʻnalishlari – 14-avgust soat 14:00 da Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutining akademik litseyi (Spitamen-shoh ko‘chasi 161-uy) da boʻlib oʻtadi.

 

Eslatma: Abituriyentlardan, imtihon bo‘ladigan binoga o‘z vaqtida, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi qayd varaqasi bilan kelishlari talab etiladi.

 

1