Samarqandda Respublikamizning Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi hududiy boshqarmalar rahbarlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi tuman, shahar bo‘limlari boshliqlari jam bo‘ldi.
Mutasaddi rahbarlar Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida bo‘lib, u yerda amalga oshirilgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari O.Abdurahmanov raisligida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.Umarova, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari X.Ochilov, Samarqand davlat universiteti rektori O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi, Pedagogik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashi raisi Rustam Xolmurodov, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Sh.Negmatova hamda “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” tizimidagi hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Pedagogik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashi raisi Rustam Xolmurodov so‘zga chiqib, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida kuzatilayotgan ayrim muammolarni bartaraf etish, o‘qituvchilarning malakasini oshirishda pedagogika institutlari ko‘magidan foydalanish, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida pedagogika institutlari maqomini yanada oshirish kabi bir qator dolzarb masalalarni ilgari surdi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz