2022-yilning 22-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda sohani rivojlantirish va isloh qilishga qaratilgan yangi tashabbuslar ilgari surildi. “Maktab ta’limi sohasidagi islohotlar vazirliklar va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimliklar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo’lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin” - dedi, davlatimiz rahbari yig’ilish avvalida. Taraqqiyot strategiyasida to’rtinchi ustuvor yo’nalish “Inson qadri uchun 100 ta maqsad” ning 5 ta maqsadi va undagi 18 ta vazifalar ham bevosita maktab ta’limi bilan bog’liq. Bo’lib o’tgan videoselektordagi maqsad va vazifalarni har bir viloyat, tuman, shahar va qishloqlardagi maktablarga keng targ’ib qilish zarurligi belgilangandi. Shu bois, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti direktori, professor Akram Begmatov institut jamoasi bilan birgalikda Samarqand shahridagi 1-sektorga tegishli bo’lgan 53-maktabda bo’ldi. Hozirgi vaqtda bu ta’lim dargohi 416 nafar o’quvchiga mo’ljallangan va bu yerda 40 nafar o’qituvchi faoliyat olib boradi. Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad videoselektor yig’ilishida ko’rilgan masala va takliflarni maktab xodimlariga tushuntirish va o’qituvchilarni malakalarini oshirish uchun qilinadigan ishlar yuzasidan edi. Ushbu masala bo’yicha pedagoglar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob ham olishdi.
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz