2022-yil 7-fevraldan boshlab oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʼquv jarayoni anʼanaviy shaklga oʼtkaziladi.

02-Feb-2022 2955

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan soʼnggi kunlarda yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati kamayayotganligi yuzasidan qaror qabul qilindi.

Unga koʼra, 2022-yil 7-fevraldan boshlab oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʼquv jarayoni anʼanaviy shaklga oʼtkaziladi.

Bunda, barcha taʼlim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.

Аvia va temiryoʼl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022-yil 7-fevralga qadar avia va temiryoʼl chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.

Hech bir talaba va oʼquvchi chiptasiz qolmaydi!

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʼlib, 3-fevraldan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi 71-230-64-64 Call-center va 10-06 ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin.

1