Maktabgacha ta'lim fakultetining kechki ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan onlayn suhbat o'tkazildi.

05-Feb-2022 3708

04.02.2022-yil kuni Sh.Rashidov nomidagi SamDUning O`zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim fakulteti kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan Zoom platformasi orqali onlayn yig`ilish o`tkazildi. Yig`ilishdan ko`zlangan maqsad, hozirgi kunda Respublikamizdagi epidemiologik sharoitdan kelib chiqqan holda dars mashg`ulotlarini 7-fevraldan boshlab bosqichma-bosqich onlayn shakldan an’anaviy shaklga qaytishi to`g`risida talabalar va ularning ota-onalarining taklif va fikr-mulohazalarini o`rganildi. Yig`ilishni fakultet dekani dots.S.R.Zohidova ochib berdi va yig`ilish qatnashchilariga 11-yanvardan 24-yanvargacha qishki ta’tilning uzaytirilishi hamda 24-yanvardan 24-fevralgacha pandemiya sababli dars mashg`ulotlari zoom dasturi orqali onlayn shakda olib borilayotganligining sababi, mazmun-mohiyati to`g`risida aytib o`tdi. "Bu esa talabalarning fanlarni o`zlashtirishida bir muncha qiyinchiliklar tug`dirayotgani hech kimga sir emas. Chunki, talabalarning dars mashg`ullariga uzluksiz qatnashishiga hammaning ham sharoiti va imkoniyati bir xil emasligidir. Qolaversa, Respublikamizning chetki va tog`li hududlaridan kelib tahsil olayotgan talabalar uchun aloqa sifatining past ekanligi talabalar dars mashg`ulotini o`zlashtirishiga yanada qiyinchilik tug`diraveradi. Ayni paytda professor-o`qituvchilar tomonidan olib borilayotgan mashg`ulotlarda beriladigan bilimlar talabalar uchun kelajakda o`z kasbining ustasi bo`lishida muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Shunday ekan Respublika maxsus komissiyasi tomonidan dars mashg`ulotlarini bosqichma bosqich bo`lsada an`anaviy shaklga qaytishi ayni muddao deb o`ylayman" - deydi S.Zohidova. Shundan so`ng yig`ilishning kun tartibidagi masala yuzasidan Maktabgacha ta’lim fakultetining xotin-qizlar bo`yicha dekan maslahatchisi Dilafruz Islomovaning “O`smirlar o`rtasidagi suitsid muammolari” mavzusidagi ma`ruzasi yig`ilish ishtirokchilariga eshittirildi va ota-onalarning taklif hamda fikr-mulohazalari tinglandi.Yig`ilish so`ngida fakultetning yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari Z.K.Niyozov hamda tyutor Sh.B.Mardonovlar ota-onalar tomonidan berilayotgan barcha savollarga atroflicha javob berishdilar va har bir talabaning  muammo va kamchiliklarini to`liq o`rganilib, tez fursatlar ichida hal qilish ishlarini belgilab olishdilar.  

1