Sharof Rashidov nomidagi SamDU O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti”ning Tabiiy fanlar kafedrasiga biriktirilgan Samarqand tumani XTBga qarashli 23-umumiy o’rta ta’lim maktabida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022 yil 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hamkorlik doirasidagi navbatdagi mahorat mashg’ulotlari tashkil etildi.
Kafedra mudiri dots.F.A.Xamroyeva tomonidan Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakultetining geografiya ta’limi yo’nalishi 1-bosqich magistrlari va talabalari ushbu maktabning 5-"A" sinf o'quvchilariga "Masshtabga oid amaliy mashg’ulotlar" mavzusida mahorat darsi o’tishdi. Ushbu mashg’ulot, maktab o’qituvchilari hamda o’quvchilari uchun chuqur ta’surot qoldirdi.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti talabalari uchun 4+2 loyihasi amalda boshlab yuborilgan.
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz