Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik
15-Feb-2022
2428
Bugun, Sharof Rashidov nomidagi SamDU O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik!”mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohatlar,shuningdek oliy ta'lim tizimida sodir etilgan korrupsion holatlar tahlil qilinib, ushbu illatga qarshi kurashish bo'yicha ko‘rilishi lozim bo’lgan ta’sirchan choralar muhokama qilindi.
Tadbirda Sharof Rashidov nomidagi SamDU O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati haqida professor-o‘qituvchilarga tushunchalar berdi.
Tadbirda Samarqand shahri bo’yicha IIOFMB huzuridagi tergov bo’limi tergovchisi Ramziddin Uzoqov tomonidan korrupsion jinoyatlarning mazmun va mohiyatlari hamda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligi tadbir ishtirokchilariga atroflicha tushuntirib berildi.