Yosharish va yangilanish fasli deya ta'rif beriladigan bahorning ilk bayramlaridan biri “8-mart Xalqaro xotin-qilzar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram dasturida institut direktori professor Begmatov Akram Xasanovich institutda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

08-Mar-2022 3616

Ayol, azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda eng avval ko’z oldimizda mehribon ona siymosi gavdalanadi. Shunday ekan, barchamizni dunyoga keltirgan onalarimizni, biz uchun doimo qayg’uradigan opa-singillarimizni va jamiki xotin-qizlarimizni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash biz yoshlarning burchimizdir.

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida tashkil etilgan tantanali tadbirni  institut direktori Akram  Begmatov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Tadbirda institutning iqtidorli va faol talabalari tomonidan turli qo‘shiq va she’rlar, milliy raqslar ijro etildi. Shuningdek, tadbir so‘ngida bayram ishtirokchilari maxsus diplom hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi. Institutda faoliyat ko’rsatib kelayotgan barcha xotin-qizlarga institut rahbariyati tomonidan tashkil etilgan bayram sovg’alari tuhfa etildi.

1