Mazkur uchrashuvni viloyat hokimi o’rinbosari Xurshid Ochilov olib bordi.
Kun tartibi:
1. Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega boʼlgan professor-oʼqituvchilar ulushi) va innovatsion loyihalarning amaliyotga joriy etilishi tahlili.
2. Magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarini ilmiy faoliyatga yoʼnaltirish darajasi yuzasidan masʼullarning hisobati.
3. Viloyat hokimining 2022 yil 11 yanvardagi 22-sonli “Samarqand viloyatida taʼlim sifatini oshirishga erishiladigan maqsadli koʼrsatkichlar boʼyicha oxirgi oʼrinlarni egallagan maktablarda taʼlim sifatini koʼtarish toʼgʼrisida”gi qarori ijrosi.
4. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 maydagi 239-sonli “Talabalar turar joylarini davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida qurish uchun Oʼzbekiston Respublikasining davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining viloyatdagi oliy taʼlim muassasalaridagi ijrosi.
5. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi PQ-92-sonli “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori yuzasidan oliy taʼlim muassasalarida va biriktirilgan mahallalardagi ijro tahlili.
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz