Mardonova Mohichehra Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi
20-May-2022
1717
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo'mitasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida “Yangi O'zbekistonni o'zimiz, o'z qo'llarimiz bilan bunyod etamiz” shiori ostidagi respublika esselar tanlovining hududiy (viloyat) bosqichida Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti talabasi Mardonova Mohichehra Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritib, g'olib bo'ldi. Mardonova Mohichehra institutda o'tkazilgan "Zulfiyaxonim izdoshlari" ko'rik tanlovida ham 1-o'rinni qo'lga kiritgan edi. Ustozi O'zbek tili va adabiyoti, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Sherzod Normo'minov va talabamiz Mohichehra Mardonovaga tanlovning Respublika bosqichida ham institutimiz sha'nini munosib himoya qilib, faxrli o'rin olib kelishida omad tilaymiz.
Axborot xizmati