Yig‘ilishda direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va barcha professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Institut direktori, professor A.X.Begmatov - ijro nazorati va o‘quv jarayonining tashkil etilishi holatini kompleks va maqsadli o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan tayyorlangan ma’lumotlarni o‘qib eshittirdi.
Ma’lumotnomada qayd etilgan kamchiliklar muhokama etilgach, tegishli mutasaddilarga ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, 2022 yil 4-iyun kuni onlayn shaklda (ZOOM orqali) bo‘lib o‘tgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Apparati Kengashining yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar aytib o‘tildi va topshiriqlar ijrosini ta‘minlash vazifalari belgilandi.
Matbuot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz