Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi


Shodiyev Faxriddin Teshayevich

Kafedra mudiri
Dotsent


Qabul vaqti Dushanba–shanba soat 14:00 dan 16:00 gacha
E-mail: shodiyevbt@mail.ru
Tel: +998 (66) 222-69-27
Telegram: @fshodiyev
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy

Boshlang'ich ta'lim nazaryasi va amalyoti kafedrasi xodimlari


...
Sariyev Sherzod Norqoʻziyevich

O'qituvchi

Shaxsiy kabinet
...
Nurillayev Samad Safarovich

O'qituvchi

Shaxsiy kabinet
...
Boymanov Hoshim Isroilovich

O'qituvchi

Shaxsiy kabinet

kafedra tarixi haqida


     Ma’lumki, Pedagogika fakulteti 1966-1967 o‘quv yilida sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi Pedagogika instituti bazasida «Maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim uslubiyati» nomi bilan ochilgan edi. Bu o‘quv dargohning kengayishi munosabati bilan 1976-1977 yillarning may oyida «Boshlang‘ich ta’limda gumanitar fanlar va ularni o‘qitish  uslubiyati» kafedrasi tashkillashtirilgan. O‘sha paytda  kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.Eshmurodov mudirlik qilgan. Kafedra a’zolari: dos. Q.Haydarov, k.o‘q.S.M.Nazarova, o‘qituvchilar: D.S.Begadjieva, Q.Tursunov, D.Ergashev, M.Quronov, S.Sodiqovlardan iborat bo’lgan. Keyinchalik kafedraning ilmiy va pedagogik salohiyati oshib borib, ishga professor S.N.Nishonov, dots. X.T.Axmatov, dots. M.Safin, dots. SH.Q.SHirinboev, dots. F.Badriev, dots. A.Azimov, dots. X.Z.Ziyadullaev, dots. V.T.Denisenko, dots. SH.Maxmatmurodovlar ishga qabul qilingan.
Davr taqozosi bilan 1984-1985 o‘quv yilida kafedra ikkiga bo‘lingan.
1. Maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi. Bu kafedraga quyidagi professor-o‘qituvchilar mudirlik qilgan:
a) 1977-1980 yillar dots. O.Eshmurodov
b) 1980-1983 yillar dots. F.Badriev
v) 1984-1985 yillar dos. S.Nazarova
g) 1985-1986 yillar dots. SH.Maxmatmurodov
d) 1987-2000 yillar dots. X.Ziyadullaev
s) 2002-2007 yillar dots. Q.Tursunov 
2. Tillar va adabiyot kafedrasi. Bu kafedraga esa quyidagi professor-o‘qituvchilar mudirlik qilgan:
a) 1982-1987 yillar dots. X.Axmatova
b) 1987-1989 yillar dots. A.Azimov
v) 1989-1992 yillar dots. U.Sanaqulov
g) 1992-1997 yillar prof. N.Turniyozov
d) 1997-1999 yillar dots. A.Azimov.
2002-2003 o‘quv yilining sentyabrida «Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi» kafedrasi asosida uchta kafedra tashkil etilgan:
1. Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi – kafedra mudiri etib dots. Q.Tursunov saylangan.
2. Boshlang‘ich sinflarda tillar va adabiyot kafedrasiga dots. SH.Maxmatmurodov saylangan.
3. Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri dots. S.Abilovalarni saylangan.
2005-2006 o‘quv yilidan boshlab, mazkur kafedralar birlashtirilib  «Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti» kafedrasi tashkil etilgan va kafedrani dots. Q.Tursunov boshqargan. 2006-2007 o‘quv yilidan boshlab esa kafedraga dots. G‘.YAxshiboev mudir etib tayinlangan. Shu davrda kafedra nomi milliy mafkura va g‘oyaga asoslanib «Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti» deb isloh etilgan. Hukumatimiz va istiqlolimiz boshlang‘ich ta’limga alohida talablar qo‘yganligi uchun 2008 yil 4 may oyidagi universitet rektorining buyrug‘iga asosan, kafedra ikkiga bo‘lindi.
1. Gumanitar fanlar va ularni o‘qitish uslubiyati. Kafedra mudirligiga vaqtincha boshqarib turish uchun dots. G‘.YAxshiboev tayinlangan.
2. Aniq, tabiiy fanlar va ularni o‘qitish metodikasi. Mazkur kafedraga rektorning buyrug‘i asosida dots. X.Nazarov rahbarlik qilgan.
2010-yil dekabr oyidan boshlab esa kafedrani f.f.n. F.SHodiev boshqarib kelmoqda edi.
2012-yil birinchi noyabrdan har ikkala kafedra qo‘shildi. Kafedra mudiri vazifasini boshqarib turish f.f. nomzodi F. SHodievga yuklatilgan. 
2013-yil iyun oyidan boshlab f.f.n. F. SHodiev “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga mudir bo‘lib tanlovdan o‘tadi va universitet rahbariyati besh yilga shartnoma tuzadi.
Samarqand davlat universiteti Ilmiy kengashining 2018-yil 25-dekabrdagi 6-sonli majlisidagi qaroriga ko‘ra “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi negizida “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” hamda “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedralari tashkil etiladi.
“Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” kafedra mudiri vazifasiga f.f. nomzodi F. SHodiev tanlovdan o‘tadi.
Kafedra mudiri bo‘lib ishlaganlar to‘g‘risida ma’lumot:
1980-1983 yillarda “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent F.Badriev rahbarlik qildi.
1984-1985 yillarda kafedraga dotsent S.Nazarova rahbarlik qildi. 
1985-1986 yillarda kafedraga professor SH. Maxmatmurodov rahbarlik qildi.
1987-2000 yillar davomida “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga pedagogika fanlari nomzodi dotsent X.Ziyodullaev rahbarlik qildi
2000 (may) – 2007 (may) yillar davomida “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasini pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Kuchkor Tursunov boshqardi. 
1981-1987 yillar davomida “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga pedagogika fanlari nomzodi dotsent X.Aktamova rahbarlik qildi.
1987-2009 yillar davomida “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi dotsent A.Azimov rahbarlik qildi.
2019 yildan “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent F.SHodiev rahbarlik qilmokda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari kafedraning xususiyatidan kelib chiqqan holda «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kasbiy mahoratini oshirish muammolari» nomli mavzu asosida izlanishlar olib bormoqdalar.Kafedra professor-o‘qituvchilari 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalariga hamda 70110501 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishi magistrlariga dars o‘tishadi.
Hozirgi kunda kafedrada 4,75 shtat birligi mavjud bo‘lib, unda 1 fan nomzodi,  dotsent, 5 ta assistent faoliyat ko‘rsatmoqda.
 

1