Boshlang‘ich ta'lim metodikasi kafedrasi
MARDANOV ESHIM MUROTOVICH
Boshlang'ich ta`lim metodikasi kafedrasi mudiri
dotsent
| Qabul vaqti |
Dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00dan 16:00gacha |
| E-mail: |
eshimmardanov@mail.com |
| Tel: |
+998 (91) 298-19-54 |
| Telegram: |
https://t.me/eshim_mardanov |
| Manzil: |
Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy |
Boshlang'ich ta`lim metodikasi kafedrasi hodimlari
kafedra tarixi haqida
KAFEDRA TARIXI HAQIDA
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi 2019-yil 5-yanvar Samarqand davlat universiteti ilmiy kengashining 6-sonli qarori va universitet rektorining 8-ijro sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan. 2019-2023 yillar oktabrgacha Kafedra mudiri – dotsent Rabbanaqulov Hikmatillo, Samarqand davlat universiteti ilmiy kengashi qarori asosida tasdiqlangan. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi 2021-yil Samarqand davlat universiteti O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etilishi bilan Samarqand davlat universiteti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi bazasidan yangi kafedra sifatida ajralib chiqqan. Hozirda kafedra mudiri – dotsent Mardanov Eshim Muratovich rahbarlik qilmoqdalar. Kafedrada hozirgi vaqtda asosiy va o’rindosh shtatdagilardan 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar v.v.b.dotsent (PhD), 3 nafar katta o‘qituvchi, 9 nafar assistent va 1 nafar kabinet mudiri. Kafedrada professor o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 46 ni tashkil etadi. Kafedra ilmiy salohiyati 25 % ni tashkil qiladi.
”Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi” professor-o’qituvchilari:
-
Mardanov Eshim Muratovich
-
Nazarov Xoliqul Eshmurodovich
-
Xudayqulova Shahlo Mamaniyozovna
-
Kayumov Nodir Nayimovich
-
Salimov Akram Hayitovich
-
Nurillayev Samad Safarovich
-
Boymanov Hoshim Isroilovich
-
Xushvaqtov Ali Ashurovich
-
Razaqova Mashxura Kamaliddinovna
-
Mirsaidova Muborak Karimovna
-
Akramova Lola O'lmasovna
-
Eshqobilova Guldona Nafasovna
-
Pardayev Asror Ikromovich
-
Ermamatova Maftuna Ermamatovna
-
Xujamqulova Nafisa Ruziqulovna
-
Raximov Shahriyor Normurod o‘g’li
Kafedrada o’tiladigan fanlar:
-
Matematika o‘qitish metodikasi
-
Matematika va uni o‘qitish metodikasi
3. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi
4. Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar
“Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi” professor-o‘qituvchilari o‘zlarining tasdiqlangan shaxsiy ish rejalari asosida ish olib bormoqdalar. Har bir professor.-o‘qituvchi shaxsiy ish rejasida ko‘rsatilgan soat miqdori bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedramiz professor-o‘qituvchilari O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar fakulteti jamoat ishlarida jonbozlik ko‘rsatib kelishmoqda. Har o‘quv yilining dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizning mustaqillik bayram shodiyonasiga yo‘nalishimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari bir tan, bir jon bo‘lib bayram tayyorgarligi ko`rishadi va 2023 yil fevral kuni 1-son talabalar turar joyida “Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi” professor-o’qituvchilar tomonidan kafedra kunlari bo’lib o’tdi. O‘quv yili davomida kafedraning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi ishlab chiqilib va tasdiqlanib, 1-son talabalar turar joyida kafedra kuni o‘tkazish yil davomida reja asosida tashkil etilib borildi.
Kafedrada qouyidagi to’garaklar faoliyat olib bormoqda
-
Mohir qo’llar to’garagi a’zolari soni 48 nafar
To’garak rahbari: Katta o’qituvchi Salimov Akrom Hayitovich
-
Yosh tabiat shunoslar to’garagi a’zolari soni 42 nafar
To’garak rahbari: v.v.b.dotsent Xudayqulova Shahlo Mamaniyozovna
-
Boshlang’ich ta’lim to’garagi a’zolari soni 20 nafar
To’garak rahbari: Assistent Eshqobilova Guldona Nafasova
Kafedra mudiri: dots. E. Mardanov