2022 yil 21-sentyabr
Kimga: Prof. Akram Begmatov
O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti rektori
Samarqand, Oʻzbekiston
RE: O‘zbekiston xalqaro sammiti:"Academia in the 21st century: Standing at the Vanguard"
Hurmatli professor Akram Begmatov!
Ariel universiteti va tashkiliy qoʻmita nomidan 5-11-sentabr kunlari Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan "Academia in the 21st century: Standing at the Vanguard" mavzusida akademik yetakchilarning xalqaro sammitini tashkil etishdagi ulkan saʼy-harakatlari uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti jamoasi ushbu Sammitning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun katta ishlarni amalga oshirdi – samimiy kutib oldi, muhokamalar, mahorat darslari va davra suhbatlari o‘tkazishda professional yordam ko‘rsatdi. Siz Sammitning barcha mehmonlariga O‘zbekistonning o‘ziga xosligini ko‘rsatdingiz, azim Samarqand shahrida qiziqarli madaniy tadbirlar tashkil qildingiz.
Siz tomondan Sammitga tayyorgarlik yuqori saviyada olib borildi va delegatsiyamiz, jumladan, diplomatik missiyalar buni juda qadrlaydi.
Umid qilamizki, ushbu tashrif davomida universitetlarimiz o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv kelishuvi akademik rahbarlar, tadqiqotchilar va talabalar uchun uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam platforma yaratadi. Shunga ko‘ra, biz sizni va institutingiz delegatsiyasini Isroildagi universitetimiz kampusida mehmon qilishdan mamnun bo‘lamiz.
Hurmat bilan,
Prof. Albert Pinhasov
Ariel universiteti rektori
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz