Bugun, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori A.Safarov va “Innovative Center” o‘quv markazi direktori M.Soliyevlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumni imzolashdan asosiy maqsad – O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida chet tillarini chuqur o‘rgatish hamda ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida har ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
INNOVATIVE CENTER haqida qisqacha!
Mukammallikka sodiq INNOVATIVE CENTER vakolatli Kembrij imtihon markazi (UZ050) boʻlib, u chet elda oʻqishni rejalashtirgan hamda jahon miqyosida tan olingan ingliz tili va biznes imtihonlari va malakalarini topshirishni rejalashtirgan koʻpchilik talabalar uchun sifatli taʼlim va professional darajadagi tajribaga boʻlgan ehtiyojni qondirish uchun tashkil etilgan.
Mazkur o‘quv markazi taklif etayotgan kurslar va xizmatlar sifati hamda, YUNESKO tomonidan tan olingan o‘quv dasturlarining moslashuvchanligi alohida e’tiborga loyiq.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz